User:Progint/sandbox/Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatri

From Wikipedia, the free encyclopedia
1939 yilda Yerevan Ozarbayjon teatr.

Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatri—Irevanda tashkil etilgan ozarbayjon tilidagi birinchi teatr. Armanistondan ozarbayjonliklarni deportatsiya qilinganligi sababli hozirgi vaqtda Bokuda ishlayotgan davlat teatrlaridan biri.

Tarix[edit]

Baxshi Gelenderli. 1934-1951 yillarda Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatrida direktor bo'lib ishlagan

Turli xil manbalarga tayangan holda, teatr tarixi 1882 yildan boshlanadi. Tarixchi – olim Israfil Mamedov o’z ishlarida shuni ma’lum qiladiki, Irevandagi Ozarbayjon teatri 1880-81 yillardan boshlanadi. Irevanda chop etiladigan “Psak” (Chalang) gazetasining 1882 yilning 10 apreldagi 7 – sonida “Fars teatri” nomi ostida katta taqriz chop etilgan. Maqolada Irevan turklaridan tashkil topgan teatr shinavandalari kam ta’minlangan talabalari uchun xayriya maqsadida 1881 yilning ikkinchi yarimida Vasag Madatov Nazmining “Tamaxkarlig dushman gazanir” (“Ta’magirlik dushmanlarni qo’lga kiritar”) deb nomlangan spektaklini ilk bor namoyish etishdi, 1882 yilning 2 aprelida ular bu spektaklni ikkinchi marotaba namoyish qilishdi.

Yunis Nuri

1886 yilda 23 yoshli gimnaziya o’qituvchisi Firudin bek Kocharli Irevanda teatrlashtirilgan spektakl tashkillashtiradi (ta’kidlash lozimki, Gori seminariyasi bitiruvchisi Firudin bek Kocharli 1885 yil Irevanga kelgan). Bu M.F.Ahunovning “Misye Jordan va Darvish Shoh” spektakl –komediyasi bo’lib, Irevan aholisi uchun katta madaniy hodisa bo’lgan. Ammo 1895 yilda F.Kocharli Irevanni tark etadi. Shundan so’ng taetrni 18 yoshli Yunis Nuri boshqardi. Yunis Nuri teatrni 1945 yilgacha ya’ni – 50 yil boshqaradi va bu teatrni unutilmas zarvaraqlari hisoblanadi.

Guseyn Arablinskiy

1909 yilda o’z ishining ustasi, unutilmas Guseyn Arablinskiy, Irivan teatrida “Baxtsiz juvon” (A Xagverdiev), “Nodir shoh” (N. Narimanov) spektakllarini namoish qiladi. 1912 yilda Irevan teatrida Zulfugar Gadjibekov boshchiligida “Evli iken subay”, “Xor-xor”, “O olmasin, bu olsunu”, “Alli yashinda djavan”, “Gilam sotuvchisi Karbalai Shukur” kabi spektakllar namoish etiladi. Qisqa muddat ichida “Gadji Gara”, “Arshin mal alan” hamda “Mashadi Ibad” teatr repertuariga kirgan. Bu 1916 yilga to’g’ri kelgan.

1918 yildagi dashnoqlarning navbatdagi o’ldirilishi teatrni o’z joyini tashlab ketishiga olib keldi. Teatr boshlig’i va aktyorlar guruhi Erondagi Xoy shahriga ko’chadi. Biroq, 1922 yilda Sovet davlatini tashkil topganidan so’ng, barcha ko’chib ketganlar kabi ular ham o’z joylariga qaytdilar. Teatrni qayta tashkil etish, uni rivojlantirish uchun milliy madaniyat shaydolari, mahalliy ziyolilar bo’lmish Bala Efendiev, Akber Rzaev, Rza Sheyhzade, Abbasali Axundov, Ashraf Yusifzade, Yusif Ziya va boshqalar ko’p xizmat qilishdi. Xattoki, Bala Efendiev o'z turmush o'rtog'i Fatma Efendievani birinchi ayol aktrisa sifatida sahnaga chiqaradi. Shu davrda Fatma xonim Irevandagi birinchi turkiy ayollar klubining direktori bo’lgan. Shu qatorda Akber Rzaev ham o’z turmush o’rtog’i Firangiz xonumni Fatma xonim bilan birga sahnaga chiqaradi. 1921 – 28 yillarda Bala Efendiev Irevanda partiya xodimi sifatida muhim mansabni egallagan, va Ozarbayjonda madaniyatni rivojlanishi va ta’lim sohasida uning o’rni kattadir.

1928 yilda teatr davlat maqomini oldi. 1935 yilda teatrga mashhur dramaturg Jabbor Jabborali nomi berildi. Shu davrda teatr sahnasida dramaturgning “Aydin” pyesasi muvafaqiyat bilan namoyish etildi.

1948 yildan boshlab Irevon va atrofidagi tumanlarda istiqomat qiluvchi turkiy aholini Ozarbayjonga majburiy ko’chirish jarayoni teatr taqdiriga ta’sir ko’rsatdi va 1949 yilda teatr Gyocha Basarkechar tumani okrugiga ko’chirildi. Bir yildan so’ng teatr faoliyati to’xtatilib o’rniga shu bazada xalq teatri tashkil qilindi. Bu davrda “ihtiyoriy ravishda ko’chayotgan” Gyochi aholisini o’z yurtlaridan Ozarbayjonga – Mil, Mugan tekisligiga moshinalarda ko’chirilgan. Bunday hollarda teatr va uning faoliyatini yangilash haqida gap bormagan edi. Oradan bir oz vaqt o’tgach “ko’chirish siyosati” to’xtatildi, lekin teatr faoliyatida yangi davr boshlanmadi. Va nihoyat, Armaniston aholisi, shu jumladan uning ziyolilari, Basarkechar tumanini partiya qo’mitasining birinchi kotibi Yunis Rzaev va Ozarbayjon SKKP kotibi Shixali Kurbanovning sayi harakatlari natijasida, davlat qaroriga binoan, Jabbor Jabborli nomidagi Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatri qaytadan tashkil etildi (yoki tiklandi) va poytaxt Irevanga ko’chirildi.[1][2]

Galereya[edit]

Teatr direktori qilib xizmat ko’rsatgan artist, teatrni 50 yil boshqargan Yunus Nurining nabirasi Aziz Suleymanov tayinlandi. Teatr ishini jonlantirish uchun shu yilidayoq Ozarbayjon Davlat San’at Institutidan taklif bo’yicha Irevanga talabalar guruhi yuborildi. Armaniston boshqaruvi teatr faoliyatini kuchaytirishga qizimagan. Aksincha, teatr o’z faoliyatini yurita olmasligi uchun, teatrni vaqtincha va balki butunlay yopish uchun atayin maxsus choralar ko’rgan. Bunday choralardan biri, teatr boshqaruvini almashtirish bo’ldi. Butun umr teatr jamiyatini ko’rib kelgan, ziyoli va nufuzli oilada tug’ilgan direktor, ikki yil qishloq o’qituvchisi bo’lib ishlab, "Sovet Ermənistanı" («Sovet Armanistoni») gazetasida adabiy xodim lavozimida ishlagan yosh jurnalist Xidoyat Orudjaevga almashtirildi.

Xidoyat Orudjaev o’sha davrda qisqa muddat ichida o’zini iqtidorli jurnalist va kuchli qalam sohibi sifatida matbuotda ko’rsata oldi. Bunday yosh professional jurnalistni matbuotdan chetlatish orqali, teatrni bilmagani sababli teatrni yopilib ketishini kutishgan bo’lishligi ham mumkin. Biz shuni qat’iy bilamizki, dushman ayyor armanilar doim turkiylarga qarshi va xech qachon yaxshi niyatlari bo’lmagan. "Sovet Ermənistanı" («Sovet Armanistoni») gazetasining bosh muharriri, nufuzli va vatanparvar ziyoli Habib Raximogli, muharrirlar hay’ati majlisida “bir devor ag’darildi” deb, yangi direktor muvafaqiyatlariga ishongan.

Uzoq muzokaralar natijasida, qayta ochilgan teatrga bino berilmadi. Professional teatr Madaniyat uyida joylashtirildi. Hech qanday sharoitlari bo’lmasa-da, teatr o’z qiyin yo’lidan o’tib, mamlakat bo’ylab gastrol safarlarida yurib, shuhrat qozondi. Bu teatr yagona oilaga aylandi. Teatr turkiy aholi bor joyda to’xtadi. Xalq ularni sevinch, sevgi, qiziqish va iliqlik bilan qarshi oldi. Bunday qarshi olish teatr jamoasiga yangi ilhom, intilish bag’ishladi.

Butun Kavkazorti bo’ylab u yetakchi teatrlardan biriga aylandi. 70 yillarda Armaniston Madaniyat Vazirligi majlislarining birida teatrni namunaviy teatrlardan biri sifatida ko’rsatildi, buning natijasida “faoliyatni yaxshilash uchun Ozarbayjon teatridan o’rnak olish kerak” degan fikr uyg’ondi. Bu fikr arman teatr jamoatini larzaga soldi, lekin vazir fikrini ohirida “Buning uchun Ozarbayjonga xizmat safariga jo’natishning hojati yo’qligini, Irevan Ozarbayjon teatrini ko’rib, o’rganish yetarliligini” aytdi. Bu fikr qaytadan ochilgan Irevan teatri uchun juda muhim edi. Shuningdek, teatrning ushbu yangi faoliyati bu millatni biz haqimizda shunday fikrga kelishiga majbur qildi. Ishlash imkoniyatlarini chegaralanganligi bilan bir qatorda, teatr faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yish, repertuarning boyligi, ijodiy tarkib faoliyatining yuqori saviyasining asosiy sharti hisoblanishi ma’lum. Albatta, bir necha marotaba deportatsiya qilingan teatrning bunday yuksalishi milliy teatr tarixi uchun yuqori darajadagi yutuq hisoblanadi. Armanilar teatr yutuqlarini davom etishidan manfaatdor emas va buni ochiq takidlashgan. Davlat miqiyosida har bir dashnoq mansabdor shaxs turli xil bosimlar o’tkaza boshlagan. Natijada, bunday salbiy munosabatdan charchagan direktor, 16 yillik ishidan so’ng teatr bilan xayrlashib, Bokuga ko’chib ketishga ahd qildi, u yerda 1983 yilgacha teatrda faoliyat yuritgan.

O’z izohlarida Xidoyat shunday yozadi “armanilarning tahqirlari orasida o’zini fidokorona tutgan aktyorlar ham bor. Ular chiroyli spektaklda o’ynab, sahnada hatto jon berishga ham tayyor edilar. Shuning uchun ham Irevan Ozarbayjon teatri, juda ham cheklangan texnik imkoniyatlarga va binoga ega bo’lishiga qaramay, o’sha yillarda, mutahassislarning fikriga ko’ra, katta yutuqlarga ega bo’la turib, Kavkazortida qiziqarli madaniyat o’chog’iga aylandi. Va birdaniga… go’yoki men so’nib qoldim. To’grisini aytganda bayon qilish uchun so’z qolmadi. Lekin jamoa sayohat izlanishida edi, “poyezd” ishonchli edi. Mendan keyin teatr yomon holatga kelib qolishini tasavvur qila olmasdim”. Lekin 1983 yilda teatr direktori etib Yunis Nurining ikkinchi nabirasi Yunis Suleymanov tayinlandi. Sal o’tmay teatr 1- sonli Madaniyat Uyidan bir tomoni kichik Ozarbayjon maktabi va boshqa tomoni ruhiy kasallar uchun mo’ljallangan xaroba binoga ko’chirildi. Xarobada sahna, sex bolmagan, bu bino ikki-uch kichik xonalardan iborat edi. U yerda davlat teatri u yerda tursin hatto kichik xavaskor truppa uchun ham minimal sharoitlar yo’q edi. Bu yuz yildan ortiq tarixga ega, Firudin bek Kocharli, Djamil Aliev, Abbasgulu Tagiev, Ismail Dagistanli, Ali Zeynlov, Ataya Alieva, Kazim Ziya kabi aktyorlar ishtirok etgan, Baxshi Galandarli va ko’pgina boshqa rejisyorlar ilk qadamlarini qo’ygan, shunday Davlat teatri edi.[1][2]

Bokudagi ilk gastrollar[edit]

1978 yilda teatr katta gastroli bilan, himoya qidirib Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga keladi. Teatr "Sən nə üçün yaşayırsan" («Sen nega yashayapsan»), "Qızıl zəncir" («Tilla zanjir»), "Hər evdə sevinc olsun" («Har bir uyda kulgu bo’lsin»), "Əkizlər" («Egizaklar»), "Daha bir qurban" («Yana bir qurbon»), "Nəsrəddin" («Nasriddin») və "Məhəbbət yaşayır hələ" («Sevgi hamon yashamoqda») spektakllarini Musiqali Komediya Teatri va 26 Boku Komissarlari nomidagi Madaniyat Saroyida namoyish qilishdi. Bu safar davlat maqomini olgan Irevan teatrining 50 yilligiga bag’ishlandi. Spektakllar 14 noyabrdan 27 noyabrgacha davom etdi. Safar davomida 25 spektakl namoyish etildi va unga 16 mingdan ortiq tomoshabin keldi. Bu hodisa Respublika tarixida katta iz qoldirdi. Shu davr Respublika Prezidenti Geydar Aliyev milliy san’at, madaniyatga qiziqish bilan qaragan va uning bunday munosabati teatr tarixida o’z izini qoldirdi. Aynan shunday g’amxo’rlik natijasida, Irevan teatri safari arafasida – 1978 yilning 24 noyabirida Ozarbayjon Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Faxrli Yorliq bilan taqdirlangan. Shu jumladan, teatr xodimlari guruhi bir qator mukofotlar bilan taqdirlandilar – bosh rejisyor Tofik Agaev – xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, Tamilla Abdullaeva, Marietta Karimova va Vidadi Aliev – Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan artist, hamda teatr direktori Xidayat, aktrisalar Elmira Ismailova, Raya Gafarovalar Ozarbayjon Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Faxrli Yorlig’i bilan taqdirlandilar. Safarning so’nggi kuni – 27 noyabrda, mukofotlar topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga omad tilashdi.[1][2]

Ko’chmanchi hayot kechiradigan teatr[edit]

1988 yilning kuz oylari. Teatr Ozarbayjonning Neftchala tumanida spektakl namoyish qilardi. Safarning so’nggi kunida Irevan hududidagi barcha ozarbayjonliklar o’z yashash joylaridan haydalganliklari haqida xabar keladi. Teatrning binosi armanilar tomonidan toptalib qurolli bosqinchilar tomonidan qo’lga olindi.

Deportatsiyadan so’ng teatr o’z faoliyatini Bokuda Milliy Akademik Dramatik Teatri qoshida teatr – studiya sifatida davom ettirdi va Absheron Madaniyat Saroyida joylashdi. 1995 yilda san’at va fan homiysi Geydar Aliyevning rahnamoligi va g’amho’rligi natijasida teatrga davlat maqomi berildi. U hozirgi X.Sarab nomidagi Madaniyat Saroyida joylashdi. Bu teatrning tarixiy o’tmishini saqlab qolish, uning an’analarini davom ettirish, manguligi uchun muhim qadam hisoblangan, G’arbiy Ozarbayjonni o’zida aks ettirgan san’at ibodatxonasi edi. Irevon teatri bu yerda ham o’z repertuari va faoliyati bo’yicha o’z tomoshabiniga ega bo’lgan teatrga aylandi.

1998 yilning dekabr oyida Zalimxan Yagubaning ijodiy kechasida teatr jamoasi shoir “Didarginlyar” asaridan parcha ijro etdi va jamoa bilan uchrashuvda davlat prezidenti teatr taqdiri bilan qiziqdi. Prezident Geydar Aliyev vazir Polad Byulbyuloglidan teatr holati haqida so’radi. Madaniyat vaziri P.Byulbyulogli teatrning qiyin holati va teatr joylashgan binoning yomon ahvoli haqida gapirib berdi. “Nimani kutyapsizlar, chora ko’ring… 117 yillik tarixga ega teatrni joylashtiring, uni asrash kerak” – deb vazirga qat’iy buyruqlar beradi.

Irevon Davlat Ozarbayjon Teatri bugun[edit]

2000 yilda, teatr rahbari tayinlanishi bilan, teatrga avvalgi nufuz, faoliyatini jonlantirish, an’analarini munosib ravishda davom ettirish maqsadida, professional nuqtai nazardan muayyan qadamlar qo’yish talab etildi. Shu sababdan, teart G’arbiy Ozarbyjonda dramatik teatri hisoblanishiga qaramay, u bir necha janrlarda spektakllar tayyorladi. Bu Ozarbayjon teatri G’arbiy Ozarbayjonda yagona teatr bo’lgani bilan bog’liq. Shu sababli teatr dramatik janr, musiqali komediya hamda komik janr asarlariga murojat qildi. Va biz, o’z faoliyatimizni yo’lga qo’yib, teatr an’analarini tiklagan holda bu masalalarga e’tibor qaratamiz. Shuning uchun dramatik asarlar bilan bir qatorda, repertuarda musiqali komediya uchun ham joy ajratildi. Bu yil o’lmas musiqali janriga mansub U.Gadjibekovning “O olmasin bu olsun” (“U bo’lmasa bu bo’lsin”), S.Aleskerovning “Subaylarinizdan gyorasiniz” asarlariga, milliy dramaturgiya, G’arbiy adabiyot klassikasiga murojat qildik va repertuarimizni boyitdik. O’z oldimizda yana bir maqsad qo’ydik: teatr G’arbiy Ozarbayjondagi ilk davridan boshlab ko’chmanchilar hayotini kechirdi. Va shu an’analarni davom ettirish uchun, 2000 yildan boshlab teatr mamlakatning barcha hududlariga gastrol safarlarini rejalashtirdi. Va bu safarlar bir nechtani tashkil etdi. Bu hududlarda tomoshabinlar oldida bir yilda bir necha marotaba chiqdik.

O’z spektakllarimiz – muhim asarlar, vatanparvarlik, lirik, dramatik mavzudagi yaxshi syujetlar va musiqali komediya janrlari bilan hududlar bo’ylab gastrol safarlariga chiqdik. Bu shuningdek, teatr faoliyat yuritgan X.Sarab nomidagi Madaniat Saroyi teatr binosi emasligi, u yerda hech qanday sharoit yo’qligi bilan ham bog’liq edi, biz u yerda faqatgina repetitsiya qilar edik. Madaniyat va Turizm Vazirligi buyrug’iga binoan, Boku shaharning besh yirik teatrlari – Milliy Akademik Drama Teatri, Rus Dramatik Teatri, Musiqali Komediya Teatri, Yoshlar Teatri va Ashula Teatrlarining har birida xaftasiga bir kun o’ynash huquqiga sazovor bo’lishdi.

Bu G’arbiy Ozarbayjonda uyg’onish davri ko’rinishidagi asarlarni tayyorlash imkoniyatini beradi. Ya’ni bu teatrni qochoqlar, kam ta’minlanganlar, sharoiti yo’q va shunchaki faoliyat ko’rsatayotgan teatr deb nomlashini hohlamagan edik. Biz tomoshabinlar oldiga jamiyat diqqatini qozonadigan, tomoshabinni doimo qoniqtiradigan repertuar bilan chiqdik. Tayyorlangan spektakllarning katta qismini turli televideniye arxivlari uchun yozib oldik. Repertuarimizda milliy klassiklar, shuningdek, Chexov, Marsel asarlari, milliy dramaturglar – Anar, Elchin, Xidayat, Rustam Ibragimbekov asarlari mavjud. Repertuarimiz xilma- xildir.

O’tgan yil Madaniyat va Sport Vazirligi “N.Narimanov” nomidagi kinoteatrda joylashishga imkon berdi. Bu kinoteatr hozirda Madaniyat Markazi sifatida qayta rejalashtirildi. U yerda kinoteatr bilan birga teatr va boshqa madaniy muassasalar joylashtiriladi. Hozirda teatrning yarmi Sarab nomidagi Saroyda, ikkinchi yarmi esa - “N.Narimanov” nomidagi kinoteatrda faoliyat yuritmoqda. Repetitsiya qilish imkoniyati yo’qligi sababli dekoratsiya va kostyumlarning bir qismi “N.Narimanov” nomidagi kinoteatrga ko’chirildi.

Kundalik foydalanish uchun mo’ljallangan buyumlar Sarab nomidagi Madaniyat Markazida saqlanadi. Bu bino spektakllarimizni birlamchi repetitsiyasi uchun kerak. Teatrimiz o’zining shoh spektaklini o’z vatanida namoyish etishini istaymiz. Gullar dastasini oyoqlariga sochgan bo’lardik. Shu kunlar ham nasib qilsin.[3][4][5][6]

Havolalar[edit]

Almaz, Ulvi (2006-10-07). "Irevan Teatri". Xalq gazetasi.

Xorijiy o’tishlar[edit]

Manbalar[edit]